«Yoshlar daftari» — ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan, ishsiz yoshlarning muammolarini aniqlash, bartaraf etish va nazoratini olib borish bo‘yicha ma’lumotlar bazasi hisoblanadi. “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatdan o‘tish Yoshlar daftari elektron platformasi orqali amalga oshiriladi. Ammo ushbu daftarga kirish uchun ham sizning qo‘lingizda asosingiz bo‘lishi lozim.

«Yoshlar daftari»ga 14 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan quyidagi toifadagi yoshlar kiritiladi:
“Yoshlar daftari”ga kirish uchun yoshlar quyidagi 3 ta yo‘nalishda ariza berishlari mumkin:

Bu arizalarni mahalladagi yoshlar yetakchilari 5 ish kuni ichida o‘rganib, tavsiya berishi yo rad etishi kerak bo‘ladi.
“Yoshlar daftari”da turuvchi yoshlarga 25 turdagi yordamlar mavjud. Har bir yo‘nalish bo‘yicha fuqaroga beriladigan yordam haqida, tasdiqlangani to‘g‘risida alohida sms xabarnomalar yuboriladi.
Yoshlar daftariga kiritilgan yoshlar quyidagi imkoniyatlardan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi.
1. Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
2. Yoshlarning tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va qayta tayyorlov kurslarida o‘qitish xarajatlarini qoplash;
3. Yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish;
4. Yoshlarga tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilish uchun noturar joyning ijara xarajatlarini qoplash;
5. Yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilishga zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va mehnat qurollarini xarid qilishga subsidiya ajratish;
6. “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish bo‘yicha to‘lov-kontrakt summasining bir qismini to‘lab berish;
7. Yoshlarga, jumladan, yosh oilalarga turar joy ijarasi kompensatsiyasini to‘lash;
8. Yoshlarning ish bilan bandligini ta’minlash;
9. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb qilish;
10. Yoshlarning xorijda xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini tashkil etish;
11. Yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmati badalini qoplash;
12. Yoshlarga tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish;
13. Yoshlarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlash, besh muhim tashabbusni ro‘yobga chiqarish va uning doirasidagi tadbirlarni “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish;
14. Yoshlarga avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini kompensatsiya qilish –Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish xarajatlarini kompensatsiya qilish;
15. Xususiy tashkilotlarga ishga qabul qilingan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni kasbga qayta tayyorlashga sarflanadigan xarajatlarini kompensatsiya qilish;
16. Yoshlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish;
17. Professional ta’lim tashkilotlarida tahsil olayotgan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi yoshlarga ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalarida ishlab chiqarish amaliyoti davri uchun subsidiya ajratish va yana boshqa bir qancha imkoniyatlar mavjud.

Moddiy ahvoli qiyin yoshlarga bir marta beriladigan moddiy yordam:
Bunda murojaat etuvchi yoshga BHMning 4 baravarigacha miqdorda Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lab beriladi. Bir marta beriladigan moddiy yordam to‘liq davlat ta’minotida bo‘lmagan, hayotiy murakkab vaziyatga tushgan yoshga, birinchi navbatda tayinlanadi. Moddiy yordam shaxsga bir kalendar yil davomida bir marotaba beriladi.
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yoshlarga urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi:
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda BHMning 25 baravarigacha qismi qoplab berilishi mumkin.
«Yoshlar daftari»ga kiritilgan oilalar farzandlarining mamlakatimizdagi professional va oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarini to‘lab berish «Yoshlar daftari» jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Vasiylik kengashi qaroriga muvofiq to‘lov-kontrakt summasining 50 foizigacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda amalga oshiriladi.

«Yoshlar daftari»ga kiritilgan yosh oilalarning sektorlar rahbarlariga va Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) bo‘limlariga bergan arizasiga muvofiq, ularga 12 oygacha turar joy uchun ijara kompensatsiyasi har oyda BHMning 3 baravaridan oshmagan miqdorda to‘lab berilishi mumkin.
«Yoshlar daftari»dan quyidagi hollarda chiqariladi:
Doimiy va vaqtincha yashash uchun respublikaning boshqa hududiga ko‘chib o‘tganda, doimiy yashash va vaqtincha turar joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan kundan boshlab o‘n besh kundan kechiktirmasdan «Yoshlar daftari»ga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.
"Yoshlar daftari" yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim tashabbusdir. Bu orqali yoshlar ijtimoiy va iqtisodiy imkoniyatlarini oshirishi, kasb-hunar va ta’lim olishda qo‘shimcha yordamlardan foydalanishi mumkin.
Ushbu ma’lumotlarni Ta’lim telekanalining You tube sahifasida ham tomosha qilishingiz mumkin.
Mazkur dastur haqida qo‘shimcha ma’lumot Lex.uz manbasidan olishingiz mumkin.
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Maqola