Maqolalar 30/05/2025 2025-2026-o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining tegishli buyrug‘i bilan 2025-2026 o‘quv yili uchun ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxatdan jami 470 ta maktab o‘rin olgan bo‘lib, ularda dars berish uchun boshqa hududlardan jalb qilingan oliy va birinchi toifaga ega o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz (bir ma’muriy birlik doirasida 50 foiz) maxsus ustamalar belgilanadi.

Boshqa hududlardan jalb qilingan o‘qituvchi-pedagoglarning bazaviy tarif stavkalariga maxsus ustamalar ular borgan maktab ta’lim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablar ro‘yxatidan chiqarilgan yildan keyingi yil uchun ham to‘lanadi.

Quyidagi faylda ushbu maktablar ro‘yxati keltirilgan:

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling