Kirish imtihonlarida quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:
Jumladan:
✔️ Farzandingizni imtihon o‘tkaziladigan belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
✔️ Issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
✔️ Imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning);
✔️ Ushbu tartiblarga rioya qilishingiz farzandingizning imtihon vaqtida o‘zini qulay va xotirjam his etishiga yordam beradi.
❌ Yodingizda bo‘lsin: imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang. Bu firibgarlikdir!
Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!
❗️MA’LUMOT UCHUN: TALABGORLAR IMTIHON BOSHLANISHIDAN 1,5 SOAT OLDIN TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI HAMDA RUXSATNOMA BILAN KELISHLARI SHART.
Savollar bo‘yicha: 1206
#Yangiliklar