“Barkamol avlod bolalari” festivalining 2-mavsumiga start berildi
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, o‘quvchilarning maktabdan tashqari ta’lim sohasidagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida respublika bo‘ylab yil davomida "Barkamol avlod bolalari” festivalini tashkil qiladi.
Festivalning ilk manzili Surxondaryo viloyati!
Surxondaryoda festival quyidagi yoʻnalishlarda bo‘lib o‘tadi:
DIQQAT! Festivalda 7 dan 18 yoshgacha bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar maktablari to‘garak a’zolari ishtirok etadi!
Festival gʻoliblari va faol ishtirokchilarga diplomlar, sovrinlar va esdalik sovgʻalari topshiriladi.
#Ta'lim telekanali