Yangiliklar 24/05/2025 Bu yil qancha o‘quvchi maktabni oltin medal bilan bitirayotgani ma’lum qilindi

Butun O‘zbekiston bo‘ylab “So‘ngi qo‘ng‘iroq” tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda.

Ta’kidlash lozimki, joriy yilda respublikadagi mavjud 10 146 ta umumta’lim maktabida 632 946 nafar o‘quvchi 9-sinfni, 451 073 nafar o‘quvchi esa 11-sinfni tugatmoqda.

11-sinfni bitirishi kutilayotgan o‘quvchilar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 987 nafar;
  • Andijon – 39 598 nafar;
  • Buxoro – 23 619 nafar;
  • Jizzax – 18 367 nafar;
  • Qashqadaryo – 44 670 nafar;
  • Navoiy – 13 427 nafar;
  • Namangan – 37 476 nafar;
  • Samarqand – 51 875 nafar;
  • Surxondaryo – 35 997 nafar;
  • Sirdaryo – 11 105 nafar;
  • Toshkent – 35 764 nafar;
  • Farg‘ona – 47 068 nafar;
  • Xorazm – 29 074 nafar;
  • Toshkent shahar – 41 132 nafar.

2024/2025-o‘quv yili yakuniga ko‘ra, 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisiga a’lo bahosi va namunali xulqi bilan o‘rnak ko‘rsatgani uchun maktab medallari topshiriladi.

Ularning 2 475 nafari kumush, 11 566 nafari esa oltin medallari bilan taqdirlanadi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling