Tanlovlar 08/02/2025 Buyuk Britaniyaning Kembrij universitetidan bepul onlayn kurslar

Umumiy maʻlumotlar

Buyuk Britaniyaning eng nufuzli Kembrij universiteti 800 yildan ortiq vaqt davomida koʻplab kashfiyotlarga sabab boʻlgan tadqiqotlarini olib bormoqda. Uning talabalari va tadqiqotchilari innovatsion yangilik yaratishga, dunyodagi oʻzgarishlarga ijobiy hissa qoʻshishga intiluvchi olimlardan iborat. Kembrij universiteti tomonidan bepul onlayn kurslar taqdim etiladi.

Dasturdan asosiy maqsad butun dunyo boʻylab yoshlarni taʼlim olish, oʻrganish va tadqiqot qilishga intilishga ragʻbatlantirishdan iborat. Bundan tashqari, universitet butun dunyo boʻylab oʻquvchilarga Kembrijning bilim va kashfiyotga boʻlgan ishtiyoqidan bahramand boʻlish imkoniyatini beradi.

Dastur doirasida quyidagi kurslar taqdim etilmoqda:

Maʼlumot uchun: Universitetda olib borilgan atomni parchalashga va DNK tuzilishini tushunishga olib kelgan kashfiyotlar bugungi kunda iqlim oʻzgarishini yumshatishdan tortib, keyingi pandemiyaning oldini olish va ijtimoiy tengsizliklarni hal qilishgacha boʻlgan dunyodagi eng dolzarb muammolarni hal qilishga yordam beradi. Global miqyosdagi xilma-xil fikrga ega odamlardan iborat hamjamiyatga ega boʻlgan universitetda 100 dan ortiq mamlakatlardan 19 000 dan ortiq talabalar taʼlim oladi. Hozirda butun dunyo boʻylab 200 000 nafar bitiruvchilari mavjud.

Maqbullik shartlari

  • Yoshi va kelib chiqishidan qatʼi nazar dasturga qiziqqan barcha qatnashishi mumkin;
  • Ingliz tilini dasturda qatnashish darajasida bilish lozim;
  • Nomzodlar tanlangan kurs boʻyicha boshlangʻich bilimga ega boʻlishlari kerak.

Eslatma: Yuqoridagilar nomzodlarga qoʻyilgan umumiy talablardir. Shuning uchun tanlangan kursning ichki talablari bilan ham tanishib chiqish lozim.

Foydali tomonlari

  • Ishtirokchilar tanlangan kurslarni istalgan paytda bepul oʻrganishlari mumkin;
  • Dastur masofaviy (onlayn) shaklda oʻtkaziladi;
  • Kurslar universitetning eng mahoratli professorlari tomonidan olib boriladi.

Muhim: Kurs qatnashchilari maʼlum miqdordagi toʻlovni amalga oshirish orqali Kembrij universiteti tomonidan rasmiy tasdiqlangan sertifikatga ega boʻlishlari mumkin.

Hujjat topshirish

Dasturda qatnashishni istaganlar ushbu havola orqali kerakli kursni tanlab ariza topshirishi mumkin.

Eslatma: Ariza toʻliq ingliz tilida toʻldirilishi kerak.

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling