Maqolalar 05/04/2025 Darsga kechikkan o‘quvchiga kechikkanlik belgisini ham, olgan bahosini ham qo‘yish mumkinmi?

Darsga kech qolgan o‘quvchiga emaktab.uz da darsga kechikkanlik belgisini ham, olgan bahosini ham qo‘yish mumkin.

Bunda sinf rahbari tomonidan “Bir kunlik jurnal” da fanlar ostidagi “PR” ustuniga kunlik belgilar quyidagi tartibda qo‘yib boriladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;

dq — sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;

k — kasallik sababli dars qoldirganligini ko‘rsatish uchun;

kq — darsga kechikib kirganligini ko‘rsatish uchun;

m — surunkali dars qoldirayotganligini ko‘rsatish uchun;

ch — respublikadan tashqariga ruxsatsiz chiqib ketganligini ko‘rsatish uchun;

q — ta’lim olishga ota-onasi qarshilik qilayotganligini ko‘rsatish uchun;

ns — ota-ona nazoratsizligi sababli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun;

tq — turmushga chiqqanligi tufayli darsga kelmaydiganligini ko‘rsatish uchun qo‘yish belgilanadi.

Fan o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilarning darsdagi davomatlari dars boshlanishida onlayn tarzda quyidagi tartibda qayd etiladi:

s — hech qanday sababsiz dars qoldirganini ko‘rsatish uchun;

kq — darsga kechikishni ko‘rsatish uchun.

Kechikkan o‘quvchi baholanishi ham mumkin. Bunda kq (Masalan: kq5, kq4) belgisidan keyin olgan bahosi qo‘yiladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling