Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Farmonga ko‘ra, Buxoro viloyatida Bahovuddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etiladi.
Bahovuddin Naqshband va naqshbandiylik tariqati allomalarining yuksak insonparvarlik g‘oyalarini ilmiy asosda o‘rganish ushbu markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.
Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkazildi. U islomshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy tadqiqotlarni hamda din bilan bog‘liq jarayonlar bo‘yicha tahlillarni amalga oshiruvchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilandi.
Diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatni muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etiladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash diniy-ma’rifiy sohada ta’lim, fan va ilmiy-tadqiqot ishlarining barcha jarayonlarini muvofiqlashtirish masalalariga mas’ul bo‘lgan maslahat organi hisoblanadi.
Kengash quyidagi tashkilotlarning ta’lim va ilmiy-tadqiqotga oid faoliyatini muvofiqlashtiradi:
Shuningdek, Konfessiyalar ishlari bo‘yicha kengash faoliyati takomillashtirilib, uning tarkibiga siyosiy arboblar, jamoatchilik faollari, dinshunos olim va mutaxassislar kuzatuvchi sifatida kiritiladi.
#Yangiliklar