2020-yil 23-sentyabrdagi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasiga asosan, doktorantura (tayanch doktorantura) oliy ta’limdan keyingi ta’lim hisoblanadi.
Mazkur sohaga doir Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qaroriga 2-ilova “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizom oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida tahsil olishni tashkil etish va o‘qish tartibini belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, huquqiga ega.
Mehnat kodeksining 5-moddasiga asosan, mehnat erkinligi har kimning mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashg‘ulot turini, kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin tanlash huquqini anglatadi.
Yuqoridagilarda kelib chiqilsa har kim, shu jumladan, ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasalariga tayanch doktorantura yoki doktoranturaga belgilangan tartibda qabul qilingan shaxs ya’ni doktorant ham mehnat qilish huquqiga egadir.
Mehnat kodeksining 186-moddasiga asosan, mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishga qabul qilish chog‘ida va keyinchalik to‘liqsiz ish vaqti (to‘liqsiz ish kuni (smena) va (yoki) to‘liqsiz ish haftasi, shu jumladan ish kunini qismlarga bo‘lgan holda) belgilanishi mumkin. To‘liqsiz ish vaqti ham muddati cheklanmagan holda, ham mehnat shartnomasi taraflari kelishgan har qanday muddatga belgilanishi mumkin.
Bundan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, doktorant o‘qishdan bo‘sh vaqtida hech qanday cheklovsiz to‘liqsiz ish vaqtida (0,5 stavka) ishlashi mumkin. Biror bir normativ-huquqiy hujjatda yoki normada “doktorant 0,5 stavkada ishlamasin” degan talab yo‘q
#Maqola