Hozirgi vaqtda dunyoning eng boy kutubxona fondlari millionlab kitoblarga ega, lekin ma’lumot qidirilishi qulayligi bilan internet va elektron o‘qish tizimlari ularga katta raqib sanaladi. Ammo bilimlar cherkovi muhiti haligacha saqlanib kelgan ba’zi kutubxonalar haliyam bor. Bu kutubxonalar zallari bilan hamisha bahra olib qarab tursa bo‘ladi.
Biz sizlar uchun barchani o‘zining arxitekturasi va hajmlari bilan lol qoldiradigan, dunyoning 5 ta eng chiroyli kutubxonalarini yig‘dik.
Admont abbatligi kutubxonasi, Avstriya.

Admont abbatligi kutubxonasi dunyodagi kattaligi bo‘yicha ikkinchi cherkov kutubxonasi hisoblanadi. U Ens daryosi qirg‘og‘idagi Alp yoqasida joylashgan. Kutubxonada 70000 ta qo‘lyozma va 200000 ta kitob yig‘ilgan, ular ichida o‘rta asr qo‘lyozmalari, 1500-yilga qadar chop etilgan inkunabulalar, va kam uchraydigan manuskriptlar. 13-metrli potoloklar Bartolomeo Altomontening insoniyat o‘z-o‘zini rivojlantirishi bosqichlari aks ettirilgan freskalari bilan yozib chiqilgan.
Shtutgarddagi shahar kutubxonasi, Germaniya

Kunda 24 soatlik kutubxona yaqinda, ya’ni 2011-yilning noyabrida ochildi. To‘qqiz qavatli binoning interyer va eksteryeri minimal uslubda qilingan. Bu yerda hammasi to‘liq avtomatlashtirilgan. Mijozlik chiptasi o‘rniga barmoq izi, kompyuter esa o‘zi kitoblarni ajratadi va kerakli javonlarga joylashtiradi. Kutubxona zalida eng yangi uskuna bu grafoteka bo‘ldi. Xohlagan inson o‘ziga vaqtinchalikka rasm olishi mumkin. Mahalliy muzeylardan biri kutubxonaga Pikasso asarlaridan birini vaqtinchalik bergan edi.
Dublindagi Triniti-kollej kutubxonasi, Irlandiya

Inshootning asosiy xonasi uzun xona hisoblanadi, va uning uzunligi 65 metrni tashkil qiladi. U Triniti-kollejni bitirgan mashhur yozuvchilar va faylasuflar mramorli byustlari bilan bezatilgan, va ular ichida Oskar Uayld va Jonatan Svift. Bugungi kunda kutubxonaning butun kompleksini 5 ta bino tashkil qiladi, va ularda hammasi bo‘lib 4 millionga yaqin kitoblar saqlanadi.
Marfa saroyidagi qirollik kutubxonasi, Portugaliya

Kutubxonada 40 000 ga yaqin kitoblar bor, va ular ichida ko‘p asrli tarixga ega va oltin betli kitoblar nusxalari mavjud. Ushbu kutubxonada kitoblar xavfsizligi uchun ko‘rshapalaklar javob berishadi, ular qimmatbaho kitob to‘plami uchun xavfli bo‘lgan hasharotlarni o‘ldirishadi.
Viktoriyaning davlat kutubxonasi, Avstraliya

Kutubxona omborxonalari 1,5 milliondan ortiq kitob qismlari va 16 000 ta davriy nashrlarni o‘z ichiga oladi. Kutubxona xazinalari orasida – shahar asoschilari Djon Byutman va Djon Paskou Fokner kundaliklari, hamda kapitan Djeyms Kuk mehnatlari va taniqli avstraliyalik qariqchi Neda Kellining qo‘lyozmalari bor.
Dunyoning eng chiroyli kutubxonalari nafaqat o‘zlarining keng va boy kitob fondlari bilan, balki o‘ziga xos arxitekturasi va tarixiy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Ushbu kutubxonalar ilm-fan va madaniyatning markazlari bo‘lib, o‘z joylarida dunyo madaniyatini saqlab qolish va avlodlarga yetkazish vazifasini bajarib keladi. Har bir kutubxona o‘ziga xos inshooti va noyob arxitekturasi bilan nafaqat kitobsevarlarni, balki turizmni sevuvchi insonlarni ham o‘ziga jalb etadi. Bunday kutubxonalar bilimni saqlashdan tashqari, o‘zlarini madaniyat va san’atning ajralmas qismi sifatida namoyon etadi.
To‘plovchi Ma’mura To‘rayeva
#Maqola