Yangiliklar 14/02/2025 Kitob o‘qigan mahkumlarning jazo muddati qisqartirilishi mumkin

   Bu bo‘yicha qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 1-o‘qishda qabul qilindi.

     Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan 74-1-modda bilan, 1 ta kitob o‘qigan mahkumning jazo muddati 3 kunga qisqartiriladi. Bunda mahkumlar kitoblarni tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha o‘qib, so‘ng imtihon topshirishi belgilanmoqda.

   Ushbu tartib faqat jazo muddatini to‘liq o‘tashi lozim bo‘lgan mahkumlar uchun joriy etiladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling