Yangiliklar 02/11/2026 eMaktab maktab tölovlari uçun onlayn servis işga tuşirdi

Maktab tölovlarini onlayn amalga oşiriş endi ança qulay bölmoqda. eMaktab milliy raqamli ta’lim platformasi Uzum Bank bilan hamkorlikda ta’lim va qöşimça maktab xizmatlari uçun onlayn tölov servisini işga tuşirdi. Platformada 10 900 dan ortiq maktab birlaştirilgan.

Servis nimalarga imkon beradi?

Ota-onalar öqiş, ovqatlaniş, qöşimça maşğulotlar va boşqa maktab xizmatlari uçun tölovlarni turli kanallar orqali emas, balki bitta joydan — eMaktab veb-sayti yoki ilovasi orqali bank kartasi bilan tölaşlari mumkin.

Tizim quyidagi imkoniyatlarni ham taqdim etadi:

  • tölov holati haqida ma’lumot;
  • tölov muddati yaklaşgani haqida eslatmalar;
  • operatsiyalar tarixi;
  • elektron çeklar.

Ulaniş kimlar uçun?

Ta’lim muassasalari uçun servisga ulaniş bepul. Birinçi bosqiçda servis eMaktab’ga ulangan xususiy maktablar uçun mavjud böladi. Kelgusida platforma tölov imkoniyatlarini bosqiçma-bosqiç kengaytirişni va hamkorlar doirasini oşirişni rejalaştirmoqda.

Nima uçun muhim?

eMaktab boş direktori Aleksandr Potapkin ta’kidlaşiça, maktablarning resurslari katta qismi hanuzgaça qölda hisob-kitob, tölovlarni soliştiriş va ota-onalar bilan taşkiliy masalalarni hal qilişga sarflanmoqda. Yangi servis bu yuklamani kamaytirib, hisob-kitoblarni şaffofroq qilişi va muloqotni soddalaştirişi kutilmoqda.

Uzum Finteç boş direktori Roman Lavrentyev esa servisda yagona tölov şlyuzi va qöşimça moliyaviy himoya mexanizmlari qöllanilişini ta’kidladi.

Manba: Daryo.uz

#Yangiliklar   #Maktab  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling