1992-yilda tashkil etilgan Jizzax Politexnika Instituti (JizPI) O‘zbekistonning Jizzax viloyatida joylashgan bo‘lib, kimyo texnologiyasi, qurilish, transport, energetika va boshqa sohalarda malakali mutaxassislar tayyorlaydigan zamonaviy oliy ta’lim muassasasidir. Institut dastlab Toshkent Politexnika Institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat boshlagan bo‘lsa, keyinchalik mustaqil institutga aylangan va bugungi kunda mintaqaning muhandislik ta’limi markaziga aylandi.
Institut tarixi
- 1989 – Toshkent Politexnika Instituti Jizzax filiali sifatida ochildi;
- 1990 – Toshkent Arxitektura-Qurilish Instituti tarkibiga qo‘shildi;
- 1992 – Mustaqil oliy o‘quv muassasasi sifatida rasmiy faoliyatini boshladi;
- 2006 – Xalqaro hamkorlik dasturlari joriy etildi.
Hozirda Jizzax Politexnika Instituti hududi 22 300 m2-maydonga ega bo‘lib, unda 1500 o‘rinli asosiy bino, 1000 o‘rinli yangi o‘quv –laboratoriya binosi, 1500 o‘rinli 3-bino, 600 o‘rinli yangi qurilgan ma’ruzalar zali, sport zali va 2 ta mini futbol maydoni, katta futbol maydoni, tennis, yengil atletika maydonlari joylashgan.
Institutda quyidagi 7 ta fakultet, 27 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 33 ta ta’lim yo‘nalishida bakalavrlar, 16 ta mutaxassislik bo‘yicha magistrlar, 16 ta sirtqi ta’lim, 4 ta ixtisosliklar bo‘yicha doktorantlar malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan dars mashg‘ulotlari olib borilib, yetuk mutaxassislar yetishib chiqarilmoqda.
Fakultetlar:
Bugungi kunda Jizzax Politexnika Instituti (JPI) 200 dan ortiq xorijiy universitetlar, jumladan Rossiya, Turkiya, Xitoy, Malayziya, Polsha kabi bir qancha davlatlar bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ygan. Institut talabalari va professor-o‘qituvchilari quyidagi xalqaro dasturlarda muntazam qatnashadi:
Institutda 400 o‘rinli talabalar turar joyi mavjud bo‘lib, har bir qavatda dam olish xonalari va "Ma’naviyat va ma’rifat" markazi, 200 o‘rinli oshxona va sport maydonchalari faoliyat olib boradi.
Jizzax Politexnika Instituti zamonaviy bilim, innovatsion loyihalar va xalqaro standartlarda ta’lim berish orqali kelajak muhandislarini shakllantirishda muhim rol o‘ynamoqda. Agar siz texnologiya va muhandislik sohalariga qiziqsangiz, JizPI aynan siz uchun!
Jizzax Politexnika Instituti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:
Bog‘lanish uchun:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar