Bu maskan O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi boshlang‘ich va nufuzli tibbiyot universitetlaridan biridir.

Oliy ta’lim dargohining tarixi uncha uzoq emas, chunki 2014-yil 22-iyulda O‘zbekiston respublikasi prezidenti Islom Karimovning Toshkent davlat stomatologiya institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilinishi. Qarorda stomatologiyada yetuk, bilimli va jahon ishlab chiqarish talablariga javob bera oladigan kadrlar tayyorlash edi. Bu ta’lim dargohi Toshkent tibbiyot akademiyasi negizida tashkil etilgan va O‘zbekistonning Andijon, Buxoro va Samarqand viloyatlarida Toshkent davlat stomatologiya institutining filiallari tashkil etilgan. Toshkent davlat stomatologiya institutining boshqaruv xodimlari 35 kishidan iborat.

Hozirda institutda 186 ta tadqiqotchi, 373 ta professor o‘qituvchilar faoliyat olib boradi.
Toshkent davlat stomatologiya institutida hozirda quyidagi fakultetlar mavjud:
Instituti axborot-resurs markazining umumiy statistikasi:

Toshkent davlat stomatologiya instituti quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi.

Hozirgi kunda Toshkent Davlat stomatologiya instituti dunyoning turli davlatlari universitetlari, institutlari, tibbiyot muassasalari va xususiy firmalari bilan jami 110 dan ortiq kelishuv va memorandumlarga ega.

Mazkur universitet yuzasidan sizda savol va takliflar tug‘ilgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Oliygohlar