O‘zbekiston Respublikasida mehnat staji bilan bog‘liq masalalar "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi qonun bilan tartibga solinadi.
Mazkur qonunning 37-moddasi "e" bandiga asosan, oliy ta’lim muassasalarida kunduzgi ta’limda o‘qish ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan faoliyat turi sanaladi. Ya’ni, magistraturada ta’lim olgan 2 yillik o‘qish davri mehnat staji hisoblanadi. Shuningdek, magistraturaning 2-kursida maktabda 1 yil ishlagan davri ham mehnat stajiga qo‘shib hisoblanadi.
Magistraturada kontraktda bitirgan bo‘lsangiz, diplomni darhol olishga huquqingiz bor. Magistraturada kontrakt asosida o‘qiganlarga nisbatan mehnat staji yoki boshqa shunga o‘xshash shartlarni talab qilish mutlaqo asossizdir. Chunki, "Magistratura to‘g‘risidagi Nizom"da diplom olish uchun "mehnat staji shart"ligi talabi ko‘rsatilmagan.
#Maqola #Top savollar