Ko‘pchilik boy va mashhur bo‘lish sirlarini quyidagicha tasavvur qiladi: maktab - OTM - ish - oylik. Lekin bu har doim ham o‘zini oqlamagan. Tarixda bir qancha dalillar bor.
Quyida oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan, o‘qimagan yoki o‘qishini yarim yo‘lda tashlab ketgan, lekin dunyoning eng boy odamlari qatoriga kirgan milliarderlar bilan tanishamiz.
1. Li Kashin — osiyolik biznesmen va investor. U pullarini juda ko‘p sohalarga tikkan. Ularning orasida Facebook, Siri, bitkoin to‘lovlar va boshqalar ham bor va albatta, oliy ma’lumotga ega emas.

2. Genri Ford — Ford mashinalari asoschisi. Fermer oilasidan chiqqan qahramonimiz qishloqda mexanik bo‘lib ish boshlagan. 38 yoshida sherigi bilan Henry Ford kompaniyasini ochgan, ammo Ford u yerdan ketgan, kompaniya nomi esa Cadillac deb o‘zgargan. Nihoyat 40 yoshida Ford uni dunyoga tanitgan Ford Motor Company’ga asos solgan…

3. Bill Geyts — Microsoft kompaniyasi asoschisi, hamma taniydi. U ham 1973-yilda mashhur Garvardga o‘qishga kirgan, ammo baxtiga uni haydab yuborishgan. Shu tariqa u o‘z biznesiga vaqt ajratgan va milliarderga aylangan. Ammo Garvard universiteti rahbariyati unga diplom berishga qaror qilgan, faqat 2007-yilda.

4. Larri Elison — Oracle Corporation asoschisi. U o‘qishga 2 marta harakat qilib ko‘rgan, ammo eplolmagan. Keyin esa ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimini yaratib, biznesini boshlagan. 10 yil o‘tar-o‘tmas, Forbes sahifasidan joy olgan. 
5. Maykl Dell — Dell kompyuterlari asoschisi. U yoshligidan kompyuterlarga qiziqqan. O‘zi yasagan kompyuterlardan topgan pullarini deb Texas universitetidagi o‘qishini 1-kursdayoq tashlab ketgan va Dell Computer Corporation korporatsiyasiga asos solgan.

6. Stiv Jobs — bu odamni butun dunyo biladi, Apple asoschisi. Uni hatto kollejdan haydab yuborishgan. Lekin, ko‘rib turganingizdek, qisqa umri davomida dunyoni o‘zgartirib yuborgan.

7. Ingvar Kamprad — IKEA mebel kompaniyasi asoschisi. U disleksiya sababli maktabda o‘qiy olmagan, shuning uchun universitetga urinib ham ko‘rmagan. 1948-yilda arzon mebel savdosi bilan ish boshlagan. 1950-yillarda ilk zavodini ochgan, 3 yil o‘tib, IKEA nomli birinchi do‘konini ishga tushirgan.

8. Roman Abramovich — "Chelsi" klubi xo‘jayini. 1983-yilda u sanoat institutiga kirgan, ammo o‘qishni tashlab ketgan. Oliy ma’lumoti bo‘lmasa ham, Abramovich 2000-yilda Chukotka gubernatori bo‘lgan.

9. Mark Sukerberg — hamma biladi, Facebook asoschisi. U dunyoga mashhur Garvard universitetiga kirgan, lekin tugatmasdan oldin tashlab ketgan. Chunki u o‘sha paytdayoq Facebook ortidan 4 mlrd. dollar topib qo‘ygandi.

10. Richard Brenson — britaniyalik tadbirkor, Virgin Group korporasiyasi asoschisi. Bu korporatsiya tarkibiga 400 dan ortiq turli sohadagi kompaniyalar kiradi. Brenson ham o‘qimagan.

Xulosa o‘rnida: bu odamlar ko‘p o‘qishni emas, nimani o‘qishni bilishgan. Shuning uchun ham tavakkalchilikdan qo‘rqmagan. Bu esa ularga katta muvaffaqiyat olib kelgan.
To‘plovchi Ma’mura To‘rayeva
#Maqola