Maqolalar 13/12/2024 O‘qishga kirishda 41 turdagi imtiyoz borligini bilarmidingiz?

Davlat qabul komissiyasining 2022-yil 29-dekabrdagi 10-son majlis bayoni bilan "Davlat oliygohlariga kirish uchun berilgan imtiyozlarning yagona REYESTRI" tasdiqlangan.

Reyestrdan 41 turdagi imtiyozlar o‘rin olgan:

1. Imtihonsiz qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha imtiyozlar (15 ta);
2. Imtihonsiz bazaviy to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etish bo‘yicha imtiyozlar (4 ta);
3. Tegishli fan bo‘yicha imtihondan ozod etilib, ma’lum miqdorda ball berish bo‘yicha imtiyozlar (5 ta);
4. To‘plangan ballga nisbatan qo‘shimcha ball berish bo‘yicha imtiyozlar (2 ta);
5. Qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etish bo‘yicha imtiyozlar (12 ta);
6. Qo‘shimcha imtiyozlar (3 ta).

Yuklab olish

#Maqola   #Oliygohlar   #Imtiyoz  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling