Maqolalar 12/06/2025 O‘qituvchida kasbiy sertifikat bo‘lmasa ishdan bo‘shatiladimi?

Vazirlar Mahkamasining tegishli (12.02.2024-yildagi 87-son) qarori bilan  tasdiqlangan nizomga ko‘ra, o‘qituvchiga yana bir marta imkoniyat beriladi.

Unda ham 56 baldan past natija qayd etsa, u holda pedagog bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.

Shuningdek,  nazorat sinovi natijasi bo‘yicha 56 balldan kam ko‘rsatkichga ega talabgor nazorat sinovidan o‘tmagan hisoblanadi.

Uzrli sabablarga ko‘ra nazorat sinovida ishtirok eta olmagan hamda birinchi marotaba nazorat sinovida ishtirok etib, undan o‘ta olmagan talabgor uchun navbatdan tashqari nazorat sinovi har yili yangi o‘quv yili boshlangunga qadar tashkil etiladi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish sanasi va nazorat sinovini o‘tkazish muddati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining rasmiy veb-sayti orqali e’lon qilinadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va uni o‘tkazish tartibi mazkur Reglamentga muvofiq tartibda belgilanadi.

Navbatdan tashqari nazorat sinovida ishtirok etib, yetarli ball to‘play olmagan talabgor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligida belgilangan tartibda bekor qilinadi.

Nazorat sinovida qayta ishtirok etish uchun talabgor tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdorida to‘lov to‘lanadi.

 Qo‘shimcha savollarni Telegram botimiz (@uztdibot)ga yuborishingiz mumkin.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling