Yangiliklar 21/01/2025 O‘qituvchilar o‘rtasida respublika olimpiadasi o‘tkazilmoqda

Ilg֥‘or va tashabbuskor o‘qituvchilarni aniqlash va ularni rag‘batlantirish maqsadida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan Kimyo va fizika fanlaridan O’qituvchilar o’rtasida Respublika olimpiadasi tashkil etilmoqda!

Olimpiadada davlat va nodavlat ta’lim muassasalaridagi fizika hamda kimyo fani o‘qituvchilari ishtirok etishlari mumkin.

Ishtirok etish istagida bo‘lganlar joriy yilning 1-fevraliga qadar ushbu elektron platforma orqali ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish haqida videoyo‘riqnoma 

Olimpiada hududiy va Respublika bosqichlarida tashkil etiladi.

Olimpiada yo‘riqnomasi bilan batafsil ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

G‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Manba: https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/5390

 

#Ta'lim telekanali   #Oʻqituvchi   #Olimpiada  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling