Özbekiston terma jamoasi xalqaro kimyo olimpiadasida 16 ta medal qölga kiritdi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan
Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi (ARBIChO 2026) yakunlandi. Özbekiston terma jamoasi a’zolari jami 16 ta medal — 4 ta oltin, 6 ta kumuş va 6 ta bronza medal qölga kiritdi. Şuningdek, jamoa amaliy sinov böyiça mutlaq ğolib böldi.
Tadbirda Ta’lim va fan vazirining örinbosari Mehriniso Pardayeva, Fanlar akademiyasining birinçi vitse-prezidenti Şomansur Sagdullayev hamda Fan olimpiadalari markazi rahbari Toraboy Şermatov iştirok etdi.
Oltin medal sovrindorlari orasida Özbekistondan Zulayho Ergaşboyeva, Şodiyona Abdulmaxmudova, Fozilbek Riskulov va Jasur Mustafoyev bor.
Medal sohiblariga mukofot
Vazirlik ma’lumotiga köra, mintaqaviy xalqaro olimpiadalar ğoliblari uçun bir martalik pul mukofotlari belgilangan. Hisoblaş bazaviy hisoblaş miqdori (BHM) asosida amalga oşiriladi:
- oltin medal sohibi — 12 BHM (5 280 000 söm), öqituvçisi — 50 BHM (22 000 000 söm);
- kumuş medal sohibi — 8 BHM (3 520 000 söm), öqituvçisi — 35 BHM (15 400 000 söm);
- bronza medal sohibi — 6 BHM (2 640 000 söm), öqituvçisi — 30 BHM (13 200 000 söm).
Oliy ta’limga kirişdagi imtiyoz
Xalqaro va mintaqaviy xalqaro olimpiada ğoliblari oliy öquv yurtlariga kirişda öz fanidan maksimal ballga ega böladi. Ğoliblarning ustozi esa bevosita oliy toifa oladi.
Bunday natijalar öquvçilarda kimyoga qiziqişni oşirişga va fan olimpiadalarini tayyorlaş tizimini rivojlantirişga xizmat qiladi.
Manba: Ta'lim va ilm-fan vazirligi