Yangiliklar 29/04/2025 "Perevod"chilar 5 ta yo‘nalish tanlay olmaydi

O‘qishni ko‘chirishda talabalar xuddi abituriyentlar singari beshta ta’lim yo‘nalishini tanlay olmaydilar. Faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishini tanlash huquqi berilgan.

O‘qishni ko‘chirishda quyidagilar imtiyoz sifatida amal qilmaydi:

❌ 5 ta ta’lim yo‘nalishiga topshirib bo‘lmaydi;

❌ Avval test, keyin tanlov qilib bo‘lmaydi;

❌ Har qanday imtiyozlar amal qilmaydi;

❌ Hech qanday til sertifikatlari imtiyoz bermaydi;

❌ Oilaviy sharoit inobatga olinmaydi;

❌ Har qanday xalqaro musobaqa yoki fan olimpiadasi ahamiyatsiz.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling