Foto: Daryo.uz
Ko‘pchilik ota-onalar va o‘quvchilar kuzgi ta’til qachon boshlanishini so‘rab, ta’lim muassasalariga murojaat qilmoqda. Javob sodda: amaldagi me’yorlarga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida kuzgi ta’til har yili 4-noyabrdan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risida”gi nizomda maktab o‘quvchilari uchun ta’til muddatlari aniq belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra, kuzgi ta’til 6 kalendar kun davom etadi. Ya’ni ta’til 9-noyabrgacha cho‘ziladi, II chorak darslari esa 10-noyabr kuni qayta boshlanadi.
2025-yilda ham kuzgi ta’til nizomga muvofiq 4-noyabrda boshlanib, 9-noyabrgacha davom etgan. O‘quvchilar 10-noyabrdan yana darslarga qaytgan.
Hozircha Ta’lim va ilm-fan vazirligi joriy o‘quv yili kuzgi ta’tilining sanalari bo‘yicha alohida rasmiy bayonot bermagan. Amaldagi qonunchilik va belgilangan me’yorlarga tayanilsa, bu yil ham ta’tilni 4-noyabrdan boshlashga to‘sqinlik qiladigan favqulodda sabab ko‘rinmayapti.
Nizomning 28-bandiga ko‘ra, maktab o‘quvchilari uchun ta’til muddatlari quyidagicha:
Ta’tilning oxirgi kuni bayram (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, darslar keyingi ish kunidan davom ettiriladi. Bayram kunlariga tushgan dars mavzulari esa o‘quv dasturlari ixchamlashtirilgan holda keyingi darslarda o‘tiladi.
Manba: Daryo.uz
#Oʻquvchi #Maktab