Tanlovlar 27/02/2025 ServiceScape Scholarship: atigi 300 soʻzli insho yozib, 1000 AQSH dollari yutib oling!

   ServiceSpace tashkiloti tomonidan e'lon qilingan ServiceScape Scholarship 2025 insholar tanloviga arizalar qabul qilinmoqda. Insholar 2025-yilda tanlovi oliy ta'lim muassasalari tahsil olayotgan talabalar yoki 2025-yilda talaba bo'ladigan nomzodlar uchun mo'ljallangan. Tanlovni tashkil etishdan maqsad talabalarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlashdir.

   Tanlovga insholar ingiz tilida qabul qilinadi va unda istalgan davlat qatnashishi mumkin.

   Tanlovda yozma muloqotning muhimligi va yozuvchilikning ahamiyati haqida qisqa hajmli insholar bilan ishtirok etish mumkin.

Insho mavzusi: How does writing impact today's world?

Grantning manfaatli jihatlari:

G'olibga o'qish xarajatlariga sarflashi uchun 1000 AQSh dollari pul mukofoti beriladi. 

Nomzodlar va insholarga qo'yilgan talablar quyidagicha:

Tanlovda hozirda oliy ta'lim muassasalarida o'qiyotgan talabalar va 2025-yilda talaba bo'ladigan nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.

Nomzod kamida 18 yosh bo'lishi kerak.

  • Insholar ingliz tilida bo'lishi kerak.
  • Hajmi 300 so'zdan oshib ketmasligi kerak.
  • Bitta ishtirokchi faqat bitta insho topshirishi mumkin.
  • G'olib dekabr oyida e'lon qilinadi.

G'olibga imzolab, qayta jo'natishi uchun hujjatlar yuboriladi. Shu hujjatlarni 10 kun ichida qayta jo'natmasa, yutug'i bekor qilinishi mumkin.

Dasturga qabul jarayoni:

Arizalar 2025-yil 30-noyabrgacha onlayn shaklda bu yerda topshiriladi. G'olibga 2025-yil dekabr oyida xabar qilinadi.

MUHIM: Dastlab, tanlov haqidagi rasmiy e'lon bilan batafsil tanishib chiqing.

Savollar yuzasidan tanlov sahifasidagi aloqa shakliga (Chat with us) yozish orqali murojaat qilishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumot uchun link

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling