Qachon talabaga akademik ta’til beriladi?
Istalgan paytda. Ha talaba o‘qish davrining xoh o‘rtasida, xoh oxirida bo‘lsin akademik ta’til olishi mumkin. Bu talabaning qonun asosida belgilangan huquqidir.
Akademik ta’til berish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, talabalar o‘z ixtiyoriga ko‘ra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega.
Kerakli hujjatlar:
Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza yozadi. Murojaat bir haftalik muddatda ko‘rib chiqilib, ta’til berish OTM rektori (direktori)ning buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. Unda akademik ta’tilning boshlanish va tugash sanasi ko‘rsatiladi.
Akademik ta’til quyidagi hollarda berilishi mumkin:
Qancha muddatlarga beriladi:
Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.
Arizaga akademik ta’til olish uchun sabab bo‘lgan holatni asoslovchi hujjat (talabani harbiy xizmatga chaqirish haqidagi chaqiruv qog‘ozi yoki talaba doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi yoxud oilasining betob a’zosi doimiy tibbiy nazoratda turgan tibbiyot muassasasi xulosasi) ilova qilinadi.
Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Shuningdek, talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar to‘lanmaydi.
Akademik ta’tildan belgilangan muddatda qaytgan talabalarga ilgari o‘zlashtirilgan fanlarni qayta o‘zlashtirish majburiyati yuklatilmaydi.
Aziz talaba! Akademik ta’til olish bilan bog‘liq tartib qoidalar Vazirlar Mahkamasining 03.06.2021 yildagi 344-son qarori asosida belgilangan. Bu borada qo‘shimcha ma’lumotni kerak bo‘lsa, ushbu hujjat sizga as qotadi.
#Talaba