Yangiliklar 27/02/2025 O‘zbekistondagi qator fuqarolik jamiyati institutlari loyihalari to‘xtab qoldi

   AQShning yangi administratsiyasi USAID grant dasturlarini moliyalashtirishni “muzlatishi” oqibatida O‘zbekistondagi qator fuqarolik jamiyati institutlari loyihalari to‘xtab qoldi.

   O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi direktori Otabek Husanov bunday loyihalarni davom ettirish uchun sharoit yaratilishini bildirdi.

   Uning aytishicha, xorijiy grantlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan tashkilotlar uchun fond 2025-yilda alohida dastur joriy etishga tayyor.

#Ta'lim telekanali  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling