Maqolalar 14/06/2025 Fan olimpiadasi sovrindorlariga 4 yillik grant ajratiladimi?

Joriy yildan boshlab, talabalarga davlat granti faqat 1 yilga berilishi, kelgusi yillarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qarab qayta taqsimlanishi belgilangan. Imtiyoz bilan kirganlarga esa davlat granti 4 yil muddatga beriladi.

Mana shu imtiyoz qismida ayrimlarda tushunmovchilik bo‘lmoqda. Ya’ni, aytaylik, respublika doirasidagi olimpiadada g‘olib bo‘lgan o‘quvchiga ham imtiyoz beriladi-ku, demak, unga ham grant 4 yillik beriladimi?

Yo‘q, 4 yillik grant faqat imtihonsiz grantga o‘qishga kirish huquqini beradigan 5 ta nufuzli xalqaro fan olimpiadasi (IMO, IPhO, IChO, IBO, IOI) g‘oliblariga beriladi.

Boshqa olimpiadalar g‘oliblariga esa shunchaki bitta fandan maksimal ball beriladi, xolos. Bunday o‘quvchilarga davlat grantiga imtihonsiz kirish oldindan kafolatlanmagan. Shu sababli ularga 4 yillik grant berilmaydi. Bunday o‘quvchilar agar yetarli darajada yuqori ball to‘plab, grantga kirsa ham, 1 yillik grant olishadi va kelgusi yilda o‘zlashtirish ko‘rsatkichiga qaraladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling