Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

Milliy sertifikat imtihoniga röyxatdan ötiş 21-noyabrdan boşlanadi: joylar soni çeklanmaydi

Milliy sertifikat imtihoniga röyxatdan ötiş 21-noyabrdan boşlanadi: joylar soni çeklanmaydi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Bilim va malakalarni baholaş agentligi umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari böyiça yangi ma’lumot e’lon qildi. Unda natijalarni e’lon qiliş muddati va navbatdagi imtihonga röyxatdan ötiş tartibi bayon etilgan.

Natijalar qaçon e’lon qilinadi

Agentlik ma’lumotiga köra, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga muvofiq test natijalari imtihon yakunlangan kundan boşlab 21 iş kunidan keçikmay, xalqaro metodika — Raş modeli asosida hisoblanadi va e’lon qilinadi. Şu qoidaga köra, natijalar noyabr oyining oxirida çiqişi kerak edi. Biroq talabgorlarga qulaylik yaratiş maqsadida natijalarni ertaroq e’lon qiliş rejalaştirilgan.

2026-yil 23-, 24-, 25-, 26- va 31-oktabr kunlari ona (özbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, tarix hamda geografiya fanlaridan ötgan imtihonlar natijalari kun yakuniga qadar my.gov.uz saytida e’lon qilinadi.

Navbatdagi imtihonga röyxatdan ötiş

Şu fanlardan keyingi imtihonda qatnaşmoqçi bölganlar uçun jadval quyidagiça:

  • onlayn röyxatdan ötiş — 21-noyabrdan 4-dekabrgaça, my.gov.uz sayti orqali;
  • tölovni amalga oşiriş — 5-dekabrgaça.

Joylar soni belgilanmaydi

Avvalroq 2026-yilning ikkinçi yarmida imtihon sanalarini oldindan aniq belgilaş va imtihonlarni sifatli taşkil etiş maqsadida hududlar böyiça ötkaziş joylari sonini belgilaş hamda şunga qarab talabgorlarni röyxatga oliş nazarda tutilgan edi. Agentlik bu holat köpçilik tomonidan notöğri talqin qilinayotganini bildirdi. Şu sababli navbatdagi imtihon uçun röyxatga oliş joylar soni belgilanmagan holda amalga oşiriladi.

Imtihon qaysi sanada ötkazilişi röyxatga oliş yakunlangaç, talabgorlar soni va hududlar kesimidagi taqsimotiga qarab belgilanadi. Sana imtihon boşlanişidan 7 kun oldin e’lon qilinadi.

Talabgorlarga röyxatdan ötiş va tölov muddatlarini ötkazib yubormaslik hamda imtihon sanasini my.gov.uz orqali kuzatib boriş tavsiya etiladi.

Manba: Bilim va malakalarni baholaş agentligi

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling