«2+6» dasturi: 8 mingdan ortiq xotin-qiz davlat kömagida xorijiy til örganmoqda

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan
Yoşlarning xorijiy tillarni örganişi uçun Yoşlar işlari agentligi «2+6» dasturi orqali davlat tomonidan moliyaviy yordam ajratmoqda. Bugungi kunga qadar dasturda iştirok etiş uçun 14 mingdan ortiq yoş ariza topşirgan. Hozirda dastur doirasida 8 mingdan ortiq xotin-qiz xorijiy tillarni örganmoqda.
Dastur qanday işlaydi?
Dastlabki 2 oylik öqiş tölovini yoşlarning özi amalga oşiradi. Keyingi 6 oylik xarajatlar esa öquvçining davomatiga qarab davlat tomonidan qoplanadi.
Kimlar qatnaşişi mumkin?
Dasturda 14–30 yoşdagi, ingliz, nemis, fransuz, yapon, koreys yoki xitoy tillarini örganişni istagan va tegişli til böyiça minimal darajadagi sertifikatga ega yoşlar iştirok etişi mumkin.
Oylik subsidiya miqdori
- Toşkent şahrida — BHMning 2 baravarigaça;
- Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyat markazlarida — BHMning 1,5 baravarigaça;
- tuman va şaharlarda — BHMning 1 baravarigaça.
Qanday qatnaşiş mumkin?
- «Yonda» mobil ilovasini yuklab oling;
- OneID orqali tizimga kiring va til sertifikatingizni yuklang;
- özingizga mos öquv markazi va kursni tanlang;
- elektron şartnoma tuzing va dastlabki 2 oylik tölovni amalga oşiring.
Röyxatdan ötiş öquvçilar uçun «Yonda» mobil ilovasi orqali, öquv markazlari uçun esa 2plus6.uz sayti orqali amalga oşiriladi.
Xorijiy til zamonaviy kasb, munosib daromad va xalqaro imkoniyatlar sari muhim qadam. Ayniqsa, til örganişga tayyor, lekin moliyaviy qiyinçilikka duç kelayotgan yoşlar uçun bu dastur amaliy imkoniyat bölişi mumkin.
Manba: Yoşlar işlari agentligi