Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

Maktabni bitiriş va OTMga kiriş uçun yagona imtihon joriy etilmoqçi

Maktabni bitiriş va OTMga kiriş uçun yagona imtihon joriy etilmoqçi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Ta'lim va ilm-fan vazirligi maktab öquvçilarining bilimini baholaş va imtihon olişning yangi tartibi böyiça jamoatçilik fikrini örganiş maqsadida anonim sörovnoma ötkazmoqda. Taklif etilayotgan tizim 4, 7, 9 va 11-sinf öquvçilari uçun turli şakldagi baholaş va imtihonlarni nazarda tutadi.

Sinflar kesimida

  • 4-sinf: öqiş, matematika va tabiiy fanlar böyiça diagnostik testlar. Natijalar asosida baho qöyilmaydi va keyingi sinfga ötişga ta'sir qilmaydi.
  • 7-sinf: kasbiy qiziqişlar va mantiqiy fikrlaş qobiliyatini aniqlaşga qaratilgan diagnostika. Natijalar faqat tavsiyaviy xarakterga ega böladi.
  • 9-sinf: asosiy davlat imtihoni. Natijalar guvohnomaga baho sifatida kiritiladi va akademik litsey yoki texnikumga kirişda hisobga olinadi.
  • 11-sinf: yagona davlat imtihoni. U maktabni bitiriş hamda oliy ta'lim muassasalari yoki texnikumlarga kiriş uçun umumiy imtihon vazifasini bajaradi.

Şu bilan birga, öquvçilarning maktabda 10-sinfdan öqişni davom ettiriş huquqi saqlab qolinadi.

Joriy etiş muddatlari

Rejaga köra, yangi tizim 2027–2028 öquv yili yakunida Toşkent şahri va Navoiy viloyatida tajriba-sinov tariqasida joriy etiladi. Vazirlikning ta'kidlaşiça, tajriba-sinov natijalari öquvçilarning ta'lim muassasalariga kirişiga ta'sir qilmaydi. 2028–2029 öquv yili yakunidan boşlab esa yangi tartibni Özbekistonning barça hududlarida joriy etiş rejalaştirilmoqda.

Hozirça bu tartib taklif bosqiçida. Vazirlik uning yuzasidan jamoatçilik fikrini örganmoqda, şuning uçun yakuniy şakli özgarişi mumkin.

Manba: Taʼlim va ilm-fan vazirligi

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling