Namanganda sayyor qabul va yoşlar bilan uçraşuv bölib ötadi

Bilim va malakalarni baholaş agentligi huzuridagi Ilmiy-öquv amaliy markazi 20-noyabr kuni Namangan viloyatida sayyor qabul va yoşlar bilan uçraşuv ötkazadi. Tadbir soat 15:30 da boşlanadi.
Tadbirda fuqarolarning murojaatlarini joyida körib çiqiş, muammolarini tahlil qiliş va hal etişda kömaklaşiş böyiça amaliy işlar amalga oşiriladi. Yoşlar hamda ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob beriladi.
Tadbir manzili
Tadbir Namangan viloyati, Davlatobod tumani, Yuksaliş mavzesi, “Tadbirkor” MFY, Yoşlik köçasi, 92-uyda bölib ötadi. Möljal: Yuksaliş massividagi 16 qavatli uy yonida.
Markaz tadbirda iştirok etiş uçun barça qiziqqan fuqarolarni taklif qiladi. Savollaringizni oldindan tayyorlab kelişingiz mumkin.
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling
Obuna bo'ling