Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

Yangi lotin alifbosi: maktab darsliklari 2027–2031-yillarda bosqiçma-bosqiç almaştiriladi

Yangi lotin alifbosi: maktab darsliklari 2027–2031-yillarda bosqiçma-bosqiç almaştiriladi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Xuşnudbek’ning Telegram kanalida yozilişiça, hukumat özbek alifbosiga kiritilgan özgartirişlar töğrisidagi qonun ijrosini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlar loyihasini işlab çiqdi. Hujjat jamoatçilik muhokamasiga qöyilgan va muhokama 6-dekabrgaça davom etadi.

Maktab va öquvçilar uçun nimani anglatadi

Loyihaga köra, maktab darsliklari 2027–2031-yillarda sinflar va fanlar kesimida bosqiçma-bosqiç yangi alifboda naşr etiladi. Ya’ni barça kitoblar bir yöla almaştirilmaydi, ötiş bir neça yilga çöziladi.

Hujjatlarni almaştiriş şart emas

  • Amaldagi ID-kartalar, xorijga çiqiş pasportlari, haydovçilik guvohnomalari va avtomobil texnik pasportlarini alifbo özgargani sababli almaştiriş talab etilmaydi.
  • Avvalgi alifboda rasmiylaştirilgan hujjatlar, jumladan şaxsiy va mulkiy huquqlarni tasdiqlovçi hujjatlar yuridik kuçini saqlab qoladi.
  • Domen nomlari, elektron poçta manzillari, loginlar, hisobvaraq va şartnoma raqamlarini majburiy almaştiriş yoki qayta röyxatdan ötkaziş şart emas.
  • Milliy valyuta va qimmatli qoğozlardagi eski harflar ularning amal qilişiga tösqinlik qilmaydi.

Qonun kuçga kirgandan keyin

Yangi beriladigan ID-kartalar, biometrik pasportlar, haydovçilik guvohnomalari, texnik pasportlar va kadastr hujjatlari yangilangan alifboda rasmiylaştiriladi. Eski blankalardan 2028-yil 1-yanvargaça foydalanişga ruxsat beriladi.

Davlat organlari, xöjalik birlaşmalari va boşqa yuridik şaxslarning rasmiy hujjatlari hamda yozişmalari ham yangi alifboda tayyorlanadi. OAV materiallari va matbaa-naşriyot mahsulotlari ham şu alifboda çop etiladi. Elektron davlat xizmatlari, reyestrlar va hujjat aylanişi tizimlari yangi alifboga moslaştiriladi.

Bosqiçma-bosqiç işlar

  • Aeroport, vokzal, jamoat transporti va yöl infratuzilmasidagi yozuvlar 2027-yildan boşlab rejali ravişda moslaştiriladi.
  • Yangi alifboga mos klaviaturalar, imlo tekşiruvçi va matnni ögiruvçi dasturlar hamda elektron luğatlar işlab çiqiladi.

Hozirça bu loyiha bosqiçidagi hujjat, yakuniy qoidalar muhokamadan keyin aniq böladi.

Manba: Xushnudbek.uz (Telegram kanali)

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling