Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Maqolalar

Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

⚡️ Akademik mobillik – talaba yoki o‘qituvchilarning mamlakatdagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma’lum muddat o‘qish yoki dars berishini anglatadi.

🔰 Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

✅erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o‘z xohish va tashabbuslari bilan ta’lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

✅dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o‘zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o‘zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo‘lishi mumkin.

✅Talabalar ma’lum muddat boshqa bir OTMda o‘qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

🏛 Bunda talaba o‘zi o‘qiyotgan OTM bilan hamkor bo‘lgan xorijiy yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma’lum muddat o‘qib qaytishi mumkin. 

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo‘lishi mumkin.

📑 Talabalarni o‘zaro almashtirish dasturi – bu turli ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalarni o‘zaro ma’lum muddatga almashtirish bo‘yicha tuziladigan kelishuvdir. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o‘quv semestri davomida xorijda o‘qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid