Tanlovlar 18/04/2025 Talabalar o‘rtasida respublika shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

Joriy yilning 25–26-aprel kunlari “Yangi O‘zbekiston” universitetida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.

Ushbu musobaqaning g‘oliblari:

1-o‘rin – 20 million so‘m

2-o‘rin – 15 million so‘m

3-o‘rin – 10 million so‘m bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, musobaqa g‘oliblari 2025-yil avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti Arkadiy Dvorkovich tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

Musobaqada qatnashish uchun bu yerdan ro‘yxatdan o‘tish lozim. Ro‘yxatga olish 20-aprelga qadar davom etadi.

#Grandlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling