Oliygohlar 20/11/2024 Toshkent shahridagi Webster Universiteti

Toshkentdagi Webster universitetining asosiy binosi – AQSHning Missuri shtati Webster Groves shahrida joylashgan. Ushbu universitet Markaziy Osiyoda o‘z filialini ochgan ilk Amerika Universiteti hisoblanadi. Toshkent shahrida ushbu Universitetning filialini ochishdan ko‘zlangan maqsad faol va yetakchi talabalarni o‘qitish va tayyorlashga qaratilgan yuqori sifatli ta’lim tajribasi bilan ta’minlashdir. 

Webster Universitetining joylashuvi: Universitetning xalqaro kampuslari Yevropaning biri qancha davlatlarida jumladan, Gruziya, Avstraliya, Shveysariya va Gollandiyada joylashgan shuningdek, Xitoy, Afrika, Tailand, Gana va Osiyo davlatlarida filiallari mavjud. Universitetning Markaziy Osiyodagi yagona filiali Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, 2018-2019-yillarda o‘z o‘quv faoliyatini boshladi, 2019- yil avgust oyida Webster Universiteti Alisher Navoiy shoh ko‘chasiga ko‘chdi. 

Bakalavr yo’naliashlari: 

-media kammunikatsiya; 

-reklama va marketing kamunikatsiyasi; 

-kiber xavfsizlik; 

-tadbirkorlik; 

-interaktiv raqamli media; 

-menejment: inson resurslarini boshqarish; 

-menejment: xalqaro biznes 

-grafik dizayn. 

Magistratura yo’naliashlari: 

-biznes boshqaruvi magisteri; 

-biznes va tashkilot xavfsizlik boshqarish; 

-STEM – fan texnalogiya, ta’lim va matematika; 

-kosmik tizimlarda operatisyalarni boshqarish; 

-ta’lim va inavatsiya; 

-fan va yetakchikni boshqarish; 

-inson resurslarini boshqarish; 

-ingliz tilini ikkinchi til sifatida o’qitish kabi yo’nalishlar mavjud.

Axborot resurs markazi 

Axborot resurs markazi (e-library) 30 oʻrinli elektron kutubxona hisoblanadi. Axborot resurs markazi talabalarga Sent-Luisdagi markaziy kutubxonadan foydalanish, xalqaro ilmiy-texnik maʼlumotlar va 5690 dan ortiq elektron darslik hamda adabiyotlar bazasiga kirish imkonini beradi. 

Oʻqitish tizimi 

Universitet taʼlim jarayonlariga Toshkent shahridagi Vebster universiteti rektori Anthony Jarvis boshchilik qiladi. Universitetda bugungi kunda bakalavriat va magistratura taʼlim darajasida 4,200 dan ortiq talaba tahsil olmoqda.

Filial yiliga ikki marta talabalarni qabul qiladi. Shu tartibda, qabul qilingan guruhlar avgust yoki yanvar oyida oʻqishni boshlaydilar. 

Oʻqitish tizimi CANVAS elektron taʼlim platformasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu elektron taʼlim platformasi kompyuter va mobil uyali aloqa telefonlariga yuklangan holda, uy vazifasi va topshiriqlarni yuklash, fanlarning onlayn muhokamasida ishtirok etish, olingan bilimlarni mustahkamlash uchun onlayn testlarni bajarish va oʻqituvchi bilan bevosita onlayn aloqa qilish imkonini beradi. 

Rasmiy sayt manzili: webster.uz

#Ta'lim telekanali   #Maqola   #Oliygohlar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling