Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim sohasi xodimlari o‘rtasida “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlarini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, “Yil o‘qituvchisi” hamda “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovlari 2026-yildan boshlab har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
“Yil o‘qituvchisi” tanloviga nomzodlar o‘zlari dars beradigan bitta fandan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari esa boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida ishtirok etadi. Ishtirokchilar vazirlikning maxsus platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi:
Tanlov yakunlariga ko‘ra, har ikki yilda bir marta oktyabr-oktyabrda g‘olib deb topilgan har bir nomzod reestri Vazirlik tomonidan yuritiladigan hamda Vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan QR-kodli sertifikat bilan taqdirlanadi.
Ushbu sertifikat asosida g‘oliblar Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri jamg‘armasiga qo‘shimcha ajratilgan mablag‘larni qayta taqsimlash hisobidan bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Pedagogik mahorat markazlari direktorlari o‘rtasida “Kasbiy mahorat yetakchisi” tanlovida esa ishtirokchilarning 4 ta yo‘nalish bo‘yicha faoliyati natijalari o‘rganiladi.
Bular — hududda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha erishilgan natijalar, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha erishilgan natijalar, zamonaviy uslubda ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha erishilgan natijalar, Markazni tajribali kadrlar bilan ta’minlash va zamonaviy boshqaruv usullarining joriy qilinganligi.
G‘oliblar bazaviy hisoblash miqdorining 1 400 baravariga (525 million) teng pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
#Grandlar