Repostlar 12/02/2025 Bu yil o‘qishni ko‘chirishda baholash mezonlari qanday bo'ladi?

O‘zbekistondagi xorijiy OTM filiallari va nodavlat (xususiy) oliygohlardan davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 15-20-avgust oralig'ida bo‘lib o‘tadi.

2025-yilda baholash mezoni quydagicha bo'ladi:    

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

➖ Ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

➖ O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta mutaxassislik fan bo‘yicha:

➖ 1-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

➖ 2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

Umumiy holda, 2025-2026 oʻquv yili uchun o'qishni ko'chirish talabida bo'lganlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Manba: https://t.me/nodavlattalim/2630

#Ta'lim telekanali   #O‘qishni ko‘chirish  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling