Oliygohlar Darsliklar Xususiy maktablar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Yangiliklar

2027-yilda ta’limga 114,3 trillion söm ajratiladi

2027-yilda ta’limga 114,3 trillion söm ajratiladi

Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

2027-yilda Özbekistonda ta’lim va soğliqni saqlaş sohalariga jami 176 trillion sömga yaqin mablağ ajratiş rejalaştirilmoqda. Prezident matbuot xizmatining xabariga köra, bu haqda Prezident Şavkat Mirziyoyev 13-noyabr kuni davlat byudjeti va soliq siyosatining ustuvor yönalişlari böyiça ötkazilgan yiğilişda ma’lum qildi.

Ta’lim uçun eng katta ajratma

Ma’lumotga köra, ta’lim sohasidagi islohotlarni moliyalaştiriş uçun 114,3 trillion söm közda tutilgan. Bu ötgan yilga nisbatan 14 trillion sömga köp. Soğliqni saqlaşga esa 61,4 trillion söm yönaltirilişi, bu körsatkiç ham ötgan yilga nisbatan 12 trillion sömga oşirilişi rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, aholi bandligi va daromadlarini oşiriş, inson kapitalini rivojlantiriş hamda ijtimoiy himoyani kuçaytiriş uçun 70 trillion söm ajratilişi belgilangan.

Byudjetning asosiy körsatkiçlari

  • Davlat byudjeti daromadlari 416 trillion söm, xarajatlari 464 trillion söm miqdorida belgilanişi nazarda tutilmoqda.
  • 2027-yilda yalpi içki mahsulot hajmi 232 milliard dollarga yetişi va iqtisodiyot 7 foizga ösişi kutilmoqda.
  • Inflyatsiya darajasini 6 foizdan oşirmaslik hamda fiskal taqçillikni YaIMga nisbatan 3 foiz doirasida saqlaş rejalaştirilgan.

Yiğilişda asosiy soliq stavkalarini 2027-yilda ham özgarişsiz saqlaş közda tutilayotgani ma’lum qilindi. Loyiha avval mahalliy Kengaşlarda muhokama qilinadi, söngra Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga kiritiladi.

Manba: Prezident matbuot xizmati

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling