Oliygohlar Darsliklar Oliygoh tanlash boti
O'zbek ▾
O'zbekЎзбекРусскийIngliz tili
Maqolalar

3 370 ta sertifikat talabga javob bermagani uchun rad etildi

3 370 ta sertifikat talabga javob bermagani uchun rad etildi

Joriy yilda 18 854 ta xalqaro sertifikat haqiqiy deb topildi. 3 370 ta sertifikat esa talabga javob bermagani uchun rad etildi.

Shuningdek, bu yil 678 nafar abituriyent barcha fanlardan milliy/xalqaro sertifikatga ega bo‘lgani uchun testdan ozod etilib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazildi. (2024-yilda bunday imkoniyatdan atigi 1 nafar abituriyent foydalangan edi.)

Sertifikat egalari:

— Umumta’lim fanlari bo‘yicha: 85 140 nafar

— Chet tillaridan milliy yoki xalqaro sertifikatga 58 216 nafar abituriyent ega ekani aniqlandi. (2024-yilda bu ko‘rsatkichlar 13 180 va 44 834 nafar edi)

Yangi talab bo‘yicha Chet tili 1-fan bo‘lgan yo‘nalishlarga faqat til sertifikati borlargina qabul qilinmoqda. Bu talablarga mos abituriyentlar soni 22 041 nafarni tashkil qilgan.

Ulashish: Telegram Facebook
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'lingBizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling Obuna bo'ling

Mavzuga oid