Yangiliklar 19/04/2025 Akademik litseylar bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘i bilan “O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi.

✍️Jumladan:

🔴Akademik litseylarda yakuniy attestatsiyani tashkil etish va o‘tkazish tartibi bugungi kun talablariga, qonunchilik hujjatlariga moslashtirildi.

📌Yakuniy attestatsiyani o‘tkazish uchun davlat attestatsiya komissiyasi (DAK)dan tashqari davlat imtihonlari o‘tkaziladigan har bir fandan alohida imtihon komissiyalari tashkil etiladi. Imtihon komissiyalari faoliyat yuritishda DAKga bo‘ysunadi.

🔖Davlat imtihonlari barcha ta’lim yo‘nalishlarida ona tili va adabiyot, O‘zbekiston tarixi hamda ta’lim yo‘nalishining namunaviy o‘quv rejasida belgilangan yana ikkita chuqurlashtirilgan fanlardan o‘tkaziladi.

➡️ona tili va adabiyot fanidan insho; 

➡️matematika fanidan yozma; 

➡️O‘zbekiston tarixi fanidan test; 

➡️qolgan fanlardan og‘zaki sinovlar ko‘rinishida bo‘ladi.

⭐️Ta’lim yo‘nalishlarining xususiyatlaridan kelib chiqib, ayrim yo‘nalishlarda chuqurlashtirilgan fandan davlat imtihoni ijodiy imtihon ko‘rinishida o‘tkazilishi mumkin.

✅Bundan buyon davlat imtihonlari materiallari hamda mezonlari, ijodiy imtihonni o‘tkazish tartibi Imtihon komissiyalari tomonidan ishlab chiqiladi hamda DAK tomonidan tasdiqlanadi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling