2024/2025-o‘quv yilida O‘zbekiston bo‘ylab 71 ta akademik litseyni 12,5 ming nafardan ortiq o‘quvchi bitirib, ular orasida 2,3 ming nafardan ziyodi a’lo darajadagi diplomga ega bo‘ldi.
Aniqlanishicha, bitiruvchilarda jami 4 710 ta umumta’lim fanlari va 4 329 ta xorijiy til bo‘yicha bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatlar mavjud. Ayniqsa, 81 nafar akademik litsey bitiruvchisi OTMga kirish test sinovlari fanlar majmuasidagi 5 ta fandan sertifikatga ega bo‘lib, muddatidan oldin maksimal 189 ballni qo‘lga kiritgan.
Shuningdek, 266 nafar bitiruvchiga oltin, 171 nafariga kumush medal topshirilgan.
Bundan tashqari, 2 122 nafar bitiruvchi turli mahalliy va xorijiy OTMlarning talabasi bo‘lishga ulgurgan.
2023-yilda bu ko‘rsatkich 90 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2024-yilda 92 foizdan oshgan. 10 dan ortiq litseyda esa 99–100% bitiruvchilar talaba bo‘lishgan. 2025-yilda bu raqam 95 foizga yetishi kutilmoqda.
Ma’lumot o‘rnida: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 666-son qaroriga asosan 2024-yildan boshlab akademik litsey bitiruvchilariga yangi namunadagi QR-kod qo‘yilgan diplom berilmoqda. Shuningdek, iqtidorli bitiruvchilarga oltin va kumush medallar berish joriy etilgan.
#Maqola