AQSHda daftarlar savdosi keskin oshdi: Universitetlar talabalarning sun’iy intellektdan foydalanishi tufayli qog‘ozli imtihonlarga qaytmoqda AQSHdagi ko‘plab universitetlarda an’anaviy imtihon daftarlarining (ko‘k muqovali “blue books”) savdosi keskin oshdi. Bu holat talabalar sun’iy intellektdan keng foydalanayotganidan so‘ng yuzaga kelgan, deb yozadi The Wall Street Journal nashri. Ma’lumotlarga ko‘ra, oxirgi ikki o‘quv yili davomida imtihon daftarlarining savdosi Texas universitetida 30% dan ortiq, Florida universitetida deyarli 50%, Kaliforniya universitetining Berkli kampusida esa 80% ga oshgan. Bunga sabab, Sun’iy intellekt yordamida talabalarning aldovga murojaat qilishi shu darajada keng tus oldiki, yoshlar natijada savodsiz bo‘lib qolmoqda.o‘qituvchilar ularning bilimini baholashda yana qo‘lda yoziladigan imtihonlarga qaytishga majbur bo‘lmoqda.
Qizig‘i shundaki, har yili yozda talabalar va o‘quvchilar ta’tilga chiqqanida — ChatGPT’ning ishlatilish darajasi ancha pasayadi. Garchi qo‘lda yoziladigan imtihonlar sun’iy intellekt yordamida aldashning oldini olishda samarali bo‘lsa-da, ko‘plab o‘qituvchilar bu usulga nisbatan ikkilanmoqda. Ularning fikricha, talabalar AI vositalaridan unumli foydalanishni o‘rganishlari kerak, chunki bu texnologiyalar ularning kelajakdagi kasbiy hayotining bir qismiga aylanadi. Biroq hozircha, an’anaviy “ko‘k daftarlar” talabalarning haqiqiy bilimini tekshirishning kam sonli ishonchli usullaridan biri bo‘lib qolmoqda.
#Maqola