Maqolalar 10/06/2025 Avtoreferat nima?

Avtoreferat — bu ilmiy daraja olish uchun yozilgan dissertatsiyaning qisqacha mazmuni bo‘lib, dissertatsiya muallifi tomonidan tayyorlanadi va alohida risola tarzida chop etiladi.

Asosiy maqsadi: – dissertatsiyaning ilmiy yangiligi, muhim natijalari va asosiy xulosalarini qisqacha, tushunarli va tizimli tarzda jamlash; – ilmiy jamoatchilikka tadqiqot natijalari haqida umumiy tasavvur berish; – ilmiy kengashlarda himoya oldidan tarqatiladi va muhokama uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Avtoreferatda quyidagilar bo‘ladi:

  • Dissertatsiya mavzusi va dolzarbligi;
  • Tadqiqot maqsadi va vazifalari;
  • Ilmiy yangiliklar va natijalar;
  • Amaliy ahamiyati va foydalanish joylari;
  • Dissertatsiya boblari qisqacha tavsifi;
  • Xulosa va takliflar;
  • Muallifning ilmiy ishlari ro‘yxati.

Avtoreferat PhD va DSc dissertatsiyalari uchun alohida talablar asosida yoziladi va GOST standartlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling