Maqolalar 27/06/2025 Birinchi o‘zbek gazetasi chiqqan kun

Turkistonda birinchi jadid matbuot organi – “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida 1906-yil 27-iyundan e’tiboran chop etila boshlangan. Uning tahririyati O‘ratepa ko‘chasidagi 97-uyda joylashgan edi.

Gazetaning bir yillik obuna bahosi 5 so‘m bo‘lgan, bir donasi 50 tiyindan sotilgan. Gazeta to‘rt sahifada chop etilib, unda e’lonlar ham bosilgan.

“Taraqqiy” gazetasining shiori “Najot: maslakda sabot, to‘g‘rilikda ijobat” deb nomlangan. Nashr ilmiy, adabiy, siyosiy, faniy, tijoriy gazeta bo‘lganligi ta’kidlab ko‘rsatilgan.

Gazetaning atigi 20 soni chiqib, rus hokimiyati tomonidan yopilgan, muharrir qamoqqa olingan. Shundan so‘ng M.Abdurashidxonov muharrirligida “Xurshid” gazetasi chiqarila boshlandi. 1907-yil 21-avgustda “Tujjor” gazetasi chiqqan. Ammo ularning barchasi 5-6 ta soni chiqqach, faoliyati to‘xtatilgan. Gazetalar saqlanib qolmagan.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling