Bu haqida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning o‘qituvchilar bilan ayni damda bo‘lib o‘tayotgan muloqotida ma’lum qilindi.
Vazir o‘tgan yilda 7 mingdan ortiq davlat va 38 mingdan ortiq xususiy bog‘chalar tashkil etilganini aytib o‘tar ekan, xususiy bog‘chalar faoliyatiga berilayotgan imkoniyatlar sababli qamrov 77% ga oshganini alohida qayd etdi.
Shuningdek, aniqlanayotgan muammolarni ham sanab o‘tdi:
Natijada 32 nafar rahbar va tarbiyachi lavozimidan ozod etildi, 3 nafari javobgarlikka tortildi, 15 nafariga intizomiy chora ko‘rildi, 15 ta xususiy bog‘chaga berilgan litsenziya bekor qilingan.
Vazir o‘z nutqida bolalar bilan yomon munosabatda bo‘lmaslikka chaqirgan.
«Bir haqiqatni yaxshi anglab olishimiz zarur: bolalarga har qanday shaklda kuch ishlatish, ularni turli usullarda jazolab tarbiyalash aslo mumkin emas.
Buni tizimda ishlayotgan har bir rahbar, pedagog, tarbiyachi va yordamchi xodimlar birdek tushunishi, shu tartibga rioya etishlari shart», degan u.
#Yangiliklar