Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi huzuridagi Fan olimpiadalari markazi hamkorligida matematika, fizika, informatika va axborot texnologiyalari fanlari bo‘yicha Iqtidorli bolalar respublika olimpiadasi (IBRO-2025) tashkil etilmoqda.
Olimpiada testbor.uz ta’lim platformasida 3 bosqichda 2–11-sinflar o‘rtasida bo‘lib o‘tadi. Ta’kidlanishicha, 1-, 2- va 3-o‘rinlarni egallagan jami 18 nafar o‘quvchi AKITA va Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetlariga 100 foiz grant ajratiladi.
Bunda:
Xabarda yozilishicha, eng faol ishtirok etib, yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan maktab jamoasiga “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan bosh sovrin – BYD Chazor avtomobili topshiriladi.
Bundan tashqari, har bir fan kesimida yuqori 10 talik o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning ustozlari ham taqdirlanadi.
#Yangiliklar