Maqolalar 30/11/2024 Darsini vaqtida oʻtmagan yoki ishga kelmagan oʻqituvchilar diqqatiga...

Ishga kelmagan o‘qituvchilarga intizomiy ta’sir chorasini qo‘llash mumkin.

Birinchidan
, o‘qituvchi ishga kelmasa, darslarini o‘z vaqtida o‘tmasa, tabelga tegishli belgi qo‘yiladi.

  • Budjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaning 285-bandiga ko‘ra oyning oxirida tabel bo‘yicha ishlangan kunlarning umumiy miqdori, shuningdek, ortiqcha ishlangan soatlar aniqlanadi. To‘ldirilgan va tegishli imzolar bilan rasmiylashtirilgan tabel va boshqa hujjatlar belgilangan muddatda ish haqi hisoblab yozish uchun buxgalteriyaga topshiriladi. 

Shu qoidaga ko‘ra o‘qituvchi ishga kelmasa, unda Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga 55-ilovada belgilangan P (progullar) belgisi qo‘yiladi.

Shundan so‘ng tegishli tartibda unga nisbatan intizomiy ta’sir chorasi ko‘rish boshlanadi. Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi 312-moddasiga muvofiq xodimga mehnat intizomini buzganligi uchun ish beruvchi quyidagi intizomiy jazo choralarini qo‘llashga haqli:

1) hayfsan;

2) o‘rtacha oylik ish haqining o‘ttiz foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima. 

3) mehnat shartnomasini bekor qilish (100-modda ikkinchi qismining 3 va 4-bandlari). 

Ushbu kodeks 313-moddasiga ko‘ra yuqoridagi jazo turlari faqat uni qo‘llashga vakolatli shaxslar tomonidan berilishi mumkin.

#Maqola   #Oʻqituvchi   #Tartib qoida  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling