Yangiliklar 02/06/2025 Endlikda maktab bitiruvchilari bog‘chada ishlashi mumkin bo‘ladi

Hukumatning “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilarini pedagog kasbiga maqsadli tayyorlash va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda har bir viloyatda bittadan maktablarda 10-11-sinf o‘quvchilarini pedagog kasbiga tizimli tayyorlash uchun pedagogik sinflar tajriba-sinov tariqasida tashkil etiladi.

Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pedagogik sinflar uchun alohida o‘quv dasturi ishlab chiqiladi.

Pedagogik sinflarni tamomlagan bitiruvchilarga shahodatnoma hamda Milliy malakalar ramkasining 2-darajasidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyachi yordamchisi kasbi bo‘yicha ishlash huquqini beruvchi davlat namunasidagi sertifikat beriladi.

#Yangiliklar  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling