O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil 19-fevral kuni Sirdaryo viloyatiga tashrifida Guliston shahrida xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi tashkil etilishi bo‘yicha taklif bergandan so‘ng, o‘sha yili mart oyida bu maktabga tamal toshi qo‘yilgan.
Halima Xudoyberdiyeva nomi bilan atalgan ijod maktabi, ona tili va adabiyot fanlarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan ta’lim muassasasidir.
2019-yil 18-may kuni Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Guliston shahrida Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqur o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatni tashkil etish to‘g‘risida”gi qaror qabul qilingan. Shundan so‘ng Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 2019-yil 26-dekabrda qurib foydalanishga topshirilishi belgilangan.
150 o‘ringa mo‘ljallangan ushbu maktab O‘zbekistonning mohir va iqtidorli yoshlarini tarbiyalash va ularning adabiyotga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Hozirgi kunda maktabda 7-sinfdan 11-sinfgacha jami 196 nafar o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Ularga 20 nafar yuqori malakali oliy va birinchi toifali o‘qituvchilar ta’lim berishmoqda.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi quyidagi maqsad va vazifalarni o’z oldiga qo’ygan:
2023-2024 o‘quv yilida ijod maktabining bitiruvchilari 100% natija bilan 22 nafari davlat granti asosida, qolganlari to‘lov-kontrakt asosida OTMlarga o‘qishga qabul qilingan.
Bilim va malakalarni baholash agentligining bergan ma’lumotiga ko‘ra respublikamizda mavjud 10200 dan oshiq umumta’lim maktablari va akademik litseylar, kasb-hunar ta’limi maktablari orasida oliy ta’limga kirish testlarida 3-o‘rinni, ya’ni o‘rtacha 164 ballni Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari to‘plaganligi e’tirof etilgan.
Hozirgi kunda 9-11-sinf o‘quvchilarining 71 nafari chet tilini bilish hamda umumta’lim fanlaridan xalqaro va milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritishgan.
Fan olimpiadalarining hududiy bosqichida ijod maktabining 6 nafar o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritib, Respublika bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lishgan.
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi o‘quvchilarning ijod namunalari Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi homiyligida nashr etiladigan “Ijod bog‘idan guldasta” she’riy to‘plamining 4 ta sonida chop etilgan bo‘lib, ushbu she’riy to‘plamda jami 57 nafar o‘quvchilarning ijodiy ishlari chop etilgan.
Bugungi kunda ham o‘quvchilarning ilmiy maqolalari Turkiya Respublikasi, Fransiya, AQSH, Kanada davlatlarida tashkil qilinayotgan konferensiya jurnallarida chop etilmoqda.
Ijod maktabida chet tillarini o‘qitishga alohida e’tibor berilgan bo‘lib,turk tilini ikkinchi til sifatida o‘qitish yo‘lga qo‘yilganligi sababli xorijiy turk tili o‘qituvchisi Rejep Akis maktabga jalb etilgan. Shuningdek, hozirda O‘zbekiston Jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda xitoy tili ham o‘qitilmoqda.
Ijod maktabi o‘quvchilari Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi hamda viloyat hokimligi tomonidan o‘tkazilgan 20 dan ortiq tanlov va festivallarda faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.
Maktabda o‘quvchilar uchun 5 mahal ovqat, turar joylari va bir qancha fan to‘garaklaridan tashqari quyidagi to‘garaklar ham doimiy faoliyat olib boradi.
· “Ijodiy”;
· “Jurnalistika”;
· “Telejurnalistika”;
· “Tasviriy va amaliy san’at”;
· “Dizayn”;
· “Kompyuter grafikasi”;
· “Veb dasturlash”;
· “Drama”;
· “Doira”;
· “Dutor”;
· “Raqs”;
· “Tikuvchilik”.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabiga 2024/2025-o‘quv yili uchun belgilangan kvota doirasida 7, 8, 9 va 10-sinflarga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Qabul uchun hujjatlar 1-iyundan 20-iyunga qadar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
Ijod maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi?
Talabgorning:
Imtihon bosqichlari.
📞call-markaz: 1206
Bugungi kunda Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi quyidagi ijtimoiy tarmoqlarda faol faoliyat olib boradi:
Agar sizning ham farzandingizdagi ijodiy qobiliyatni aniqlasangiz yoki qo‘shimcha savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, quyidagi manzilga va raqamlarga murojaat qilishingiz mumkin:
Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi O‘zbekistonning yosh ijodkorlarini tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi.
Bizni kuzatishda davom eting Ta’lim telekanali ta’limdagi eng so‘nggi yangiliklarni har doim siz bilan bo‘lishishga tayyor!
Ma’mura To‘rayeva tayyorladi
#Maktab