Maqolalar 11/07/2025 O‘qishni ko‘chirish jarayonlari boshlanishiga ham oz qoldi

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi: 

➡️ transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

Arizalar qachon beriladi?

1️⃣ O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.

2️⃣ Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekistondagi bir OTMdan boshqasiga ko‘chirish uchun esa faqat 2 ta toifa talabalarga ruxsat bor: 

Talaba turmushga chiqsa, turmush o‘rtog‘ining yashash joyidagi OTMga;

Davlat xizmatchisining ish joyi o‘zgarganda farzandi yoki turmush o‘rtog‘i tegishli rahbar tavsiyanomasi bilan o‘qishini ko‘chirishi mumkin. 

O‘qishini ko‘chirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

1️⃣ ko‘chirishni istagan ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili va shakli ko‘rsatilgan holdagi ariza;

2️⃣ reyting daftarchasi yoki akademik ma’lumotnoma nusxalari;

3️⃣ ichki perevod bo‘lsa asoslantiruvchi hujjat;

4️⃣ pasport yoki ID nusxasi.

Quyidagi holatlarda o‘qishni ko‘chirish arizalari rad etilishi mumkin:

1️⃣ akkreditasiyaga ega bo‘lmagan xorijiy OTMda yoki ularning filiallarida o‘qiganlar;

2️⃣ mavjud ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shaklida o‘qiganlarga;

OTMning markazlari, bo‘limlari, o‘quv-maslahat punktlari va boshqalarda o‘qiganlarga;

3️⃣ 1-kurs 1-semestrni tugatmasdan o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lganlar;

4️⃣ OTMda mos ta’lim yo‘nalishi yoki shakli bo‘lmaganida, fanlar bo‘yicha farqlar 4 tadan oshganda;

5️⃣ kontrakt asosida o‘qiyotganlar to‘lovni o‘z muddatida to‘lamaganda;

6️⃣ talabaning shaxsiy yig‘ma jildi o‘z muddatida berilmaganida;

grant bilan ko‘chirish uchun bo‘sh o‘rinlar bo‘lmaganida;

7️⃣ OTM moddiy-texnika bazasi imkoniyati cheklanganda;

maqsadli qabul qilinganlar boshqa ta’lim yo‘nalishiga, boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirmoqchi bo‘lganda;

8️⃣ kechki ta’limdan sirtqi ta’limga hamda kechki ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

9️⃣ sirtqi ta’limdan kunduzgi ta’limga hamda sirtqi ta’limning bir ta’lim sohasidan ikkinchi ta’lim sohasiga;

1️⃣0️⃣ bir ta’lim shaklidan maxsus sirtqi ta’lim shakliga hamda maxsus  sirtqi ta’lim shaklidan boshqa ta’lim shakliga;

1️⃣1️⃣ talaba O‘zbekiston va xorijiy oliy ta’lim muassasalarining o‘zaro kelishuvi asosida qabul qilinib, qo‘shma ta’lim dasturlari asosida tahsil olgan yoki tahsil olayotgan bo‘lsa.

▶️ Grant asosida o‘qishni ko‘chirish uchun faqat grantda o‘qiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant o‘rinlar mavjud bo‘lishi kerak.

▶️ Ko‘zi ojizlar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida o‘qiyotganlar o‘qishi granti asosida ko‘chiriladi.

▶️ Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekiston OTMlariga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling