Maqolalar 22/01/2025 Dunyoni o’zgartirib yuborgan tibbiy kashfiyotlar

  Tibbiyot doimo fanning eng istiqbolli sohalaridan biri bo‘lib kelgan.

  O‘tgan yillarda tibbiyot fanida ro‘y bergan yangiliklar ma’naviy eskirgan muolajalarga o‘rnini to‘ldirib berdi va avval o‘rganilmagan tibbiy muammolarning ko‘p qismini hal etdi. Shuningdek, texnologiya ham tibbiyot fanini oldingiga nisbatan yanada samaraliroq va tengi yo‘q qilish yo‘lda o‘zining salmoqli hissasini qo‘shdi. Bugungi maqolamizda tibbiyot fanini tubdan o‘zgartirgan tarixiy ixtirolar haqida ma’lumot beramiz.

1. Stetoskop

   Stetoskop ixtiro qilinishidan avval shifokorlar o‘z bemorlarining yurak urishlarini qulog‘ini uning ko‘kragiga qo‘ygan holda eshitib ko‘rar edilar. Ammo ushbu usulning samarasi juda kam bo‘lgan. Masalan, agar patentida sezilarli darajada yog‘ qatlami yuzaga kelgan bo‘lsa bu uslubning umuman foydasi yo‘q edi. Fransuz shifokori Rene Lennek aynan mana shunaqa vaziyatga duch kelib qolgan va patsiyentlaridan birining ko‘krak sohasida yog‘ to‘planib qolgani tufayli uning yurak ritmini aniq baholay olmagan.

    U o‘pka va yurakdan taralayotgan ovozlarni kuchaytira oladigan, yog‘ochli naycha shaklidagi “stetoskop”ni ixtiro qildi. Ovoz kuchaytirishning bu prinsipi bugungi kunga qadar o‘zgargani yo‘q.

2.  Rentgen

    Bugungi kunda rentgen tasviri texnologiyasisiz suyak sinishi kabi travmalarga tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolashni tasavvur qilish qiyin. Rentgen nurlanishi nemis fizigi Vilgelm Konrad Rentgen elektr tokini o‘ta past bosimdagi gaz orqali o‘tishini tadqiq qilinayotgan paytida tasodifan aniqlagan.

  Olim bariy-platinotsianid bilan qoplangan elektron-nurli trubka qorong‘ilashtirilgan xonada fluorestsent yorug‘lik bilan yoritib turganini sezib qoldi. Katod nurlari ko‘rinmas bo‘lgani uchun u bunday yorug‘likni qanday nurlar berayotganini bilmas edi va ularni rentgen nurlari deb atay qoldi. Olim o‘z ixtirosi uchun 1901-yilda tarixda ilk bor fizika fanidan Nobel mukofotini olishga sazovor bo‘ldi.

3. Simobli termometr

    Bugungi kunda termometrlar shu darajada ko‘payib, keng tarqalib ketdiki, hatto uni kim ixtiro qilganini ham aniqlash imkoni yo‘q. 1714-yilda Gabriel Farengeyt ilk bor simobli termometrni ixtiro qildi. U hozirgi kunga qadar ishlatiladi. Garchi shunday bo‘lsa-da, haroratni o‘lchashning dastlabki uskunasi 1500-chi yillarning oxirida Galiley tomonidan ixtiro qilingani haqida ham ma’lumotlar bor.

   Ushbu vosita suyuqlikning zichligi haroratga nisbatan o‘zgarishi prinsipiga asoslangan edi. Biroq, bugungi kunda simob bilan zaharlanish xavfi tufayli asta-sekinlik bilan raqamli termometrlar simob termometrini chetga surib chiqarmoqda.

4 Antibiotiklar

   Odamlar antibiotiklarning paydo bo‘lishini Aleksandr Fleming penitsillinni kashf etishi bilan bog‘liq deb o‘ylashadi. Aslida antibiotiklar tarixi 1907 yilda Alfred Bertxaym va Paul Erlix tomonidan “salvarsan” ixtiro qilinganidan boshlanadi. Bugungi kunda “salvarsan” deganlari “arsfenamin” nomi bilan tanilgan. Bu sifilisga qarshi samarali natija bergan birinchi dori vositasi bo‘lgan va aynan u antibakterial davolanishning boshlanishiga asos solgan.

   Aleksandra Fleming 1928 yildagi penitsillinning bakteriyalarga qarshi xususiyatlarini ixtiro qilinishi bilan antibiotiklar ommaviy e’tiborni jalb qilishiga olib keldi. Bugungi kunda antibiotiklar tibbiyotni tubdan isloh qildi va vaksinalar bilan uyg‘unlikda tuberkulyoz kabi ayrim kasalliklarni deyarli ildiz bilan quritib tashladi.

5.  Teri osti inyeksiyalari uchun igna

   Teri osti inyeksiyalari uchun ignalar o‘z soddaligiga qaramay bor-yo‘g‘i 150 yil oldin ixtiro qilingan. Bundan oldin Qadimiy Yunonistonda va Rimda shifokorlar organizmga suyuqlikni kiritish uchun ingichka ichi bo‘sh dastgohlardan foydalanishgan. 1656-yilda Kristofer Ren g‘oz pati orqali itning vena qon tomiriga inyeksiya qilingan edi.

   Teri osti inyeksiyalar uchun zamonaviy igna Charlz Pravaz va Aleksandr Vud tomonidan taxminan 1800-yillarning o‘rtalarida ixtiro qilingan. Bu turdagi ignalar bugungi kunda davolanishda dori vositasining to‘g‘ri dozirovkasini tana ichiga kiritish, shuningdek, biologik suyuqliklarni imkon qadar og‘riqsiz va yuqishning o‘ta minimal ehtimoli bilan chiqarib tashlash uchun ishlatiladi.

6. Ko‘zoynaklar

   Ko‘zoynaklar – odamlar odatda oddiy buyum sifatida qabul qiladigan, aslida esa tibbiyotdagi buyuk inqilobiy o‘zgarishlardan biri. Bugungi kunda birinchi ko‘zoynakni kim o‘ylab topganini biz uchun noma’lum. Bir necha asrlar avval olimlar va monaxlar zamonaviy ko‘zoynaklarning ko‘z oldida qo‘l bilan ushlab turilishi kerak bo‘lgan dastlabki timsollaridan foydalanganlar.

    1800-yillarning oxirlarida bosma kitoblar ko‘payishi bilan uzoqni yaxshi ko‘ra olmaslik hollari ko‘payib ketgan va bu ko‘zoynaklarni ommaga joriy qilinishiga sabab bo‘lgan.

7. Kardiostimulyator

   O‘ta muhim bo‘lgan mazkur kashfiyot avstraliyalik ikki olim Mark Xill va fizik Erik Butlarning 1926-yildagi ishlari hosili bo‘ldi. Prototip- bu qutblarining biri tuz eritmasi bilan shimdirilgan yostiqchaga ulangan, ikkinchisi – patsiyentning yurak kamerasiga qo‘yiladigan ko‘chma qurilma edi.

     Qurilmaning beso‘naqay dizayniga qaramay tadqiqotchilar uning yordamida o‘lik tug‘ilgan bolani hayotga qaytara olishgan. Bugungi kunda kardiostimulyatorlar ancha murakkab tuzilishga ega, ulardagi batareyaning o‘rtacha xizmat qilish muddati 20 yilni tashkil etadi.

8. KT va MRT

   Rentgen nurlarining kashf etilishi tana a’zolarining jarrohlik amaliyotlarimiz tahlil qilish, ularni yanada ko‘proq o‘rganish va o‘zgacha davo uslublarini izlash sa’y-harakatlari sonining keskin oshishiga olib keldi. Bu keyinchalik KT-skanneri, ya’ni kompyuterlashgan tomografiya skanerining ixtiro qilinishiga sabab bo‘ldi. Uning tijoriy shakli 1979-yilda tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan doktor Godfri Xaunsfild tomonidan ixtiro qilingan edi.

   KT-skaner rentgen tasviri insonning “ichki a’zolarini bir necha qatlamlarini” aks ettira olar edi. Bundan keyin ko‘p o‘tmay doktor Raymond V. Damadyan yadroviy magnit rezonansdan foydalangan holda saraton va oddiy kletkalarni differensiatsiya qilish uslubini ixtiro qildi. Bu uslub keyinchalik ancha muvofiqlashtirildi va MRT (magnitniy rezonansni tomograf) deb atala boshladi.

9. Protezlash va implantantlar

   Jismoniy kamchiliklar bilan hayot kechirish – nafaqat jismoniy, balki aqliy va emotsional darajadagi juda og‘ir holatdir. Protezning ixtiro qilishini nogiron insonlarga faqat aravachalar va qo‘ltiqtayoqlar bilan chegaralanib qolmasdan yashash imkonini beradigan katta o‘zgarish bo‘ldi.

   Zamonaviy protez metalldan ko‘ra yengilroq va mustahkamroq bo‘lgan uglerodli toladan ishlab chiqarilgan va shuningdek, u haqiqiy tana a’zosiga juda o‘xshash bo‘lib ko‘rinadi. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan protezlar miyaning impulslari yordamida nazorat qilish imkonini beruvchi ichki mikroelektrik datchiklariga ham ega.

10. Yurakning defibrillyatori

   Yurakning defibrillyatsiyasi – yaqin tarixda joriy qilingan konsepsiya emas. Garchi u bir necha o‘n yilliklardan beri insoniyatga ma’lum bo‘lsa-da, uni klinik amaliyotga kirib kelishi uchun Klod Bekka minnatdorchilik bildirsa arziydi. U jarrohlik amaliyoti paytida bir bolakay yuragining muvaffaqiyatli defibrillyatsiyasini amalga oshirdi.

     Bugungi kunda defibrillyatorlar butun dunyo bo‘ylab millionlab hayotlarni qutqarib kelyapti.

Ma'mura To'rayeva tayyorladi

#Maqola  
So'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Bizning Telegram-kanalimizga obuna bo'ling